23 Sentabr 2024, 09:39 Oʻzbekiston

Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan fuqarolar qutqarildi

Bo‘stonliq tumanidagi Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan to‘rt kishi qutqarildi.

Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan fuqarolar qutqarildi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi tog‘da yo‘ldan adashib qolgan fuqarolar qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 21-sentabr kuni soat 16:15 da Toshkent viloyati FVBga Bo‘stonliq tumani Chimyon mahalla hududidagi Katta chimyon tog‘iga to‘rt nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, yo‘ldan adashib qolganligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, fuqarolar xavfsiz hududga olib tushilgan. Tan jarohati olgan yo‘q, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar