O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi havo yo‘lagi yaratadi
Нangi havo yoʻlagi operatorlar uchun vaqt va yonilgʻi sarfini tejash nuqtayi nazaridan juda foydali hisoblanadi.
“Oʻzaeronavigatsiya” markazi va “Tojikaeronavigatsiya” DUK vakillari oʻrtasida Toshkent va Dushanbe havo harakatiga xizmat koʻrsatish hududida oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisida bitim imzolandi.
“Tojikaeronavigatsiya” DUK matbuot markazining xabar berishicha , idora ishchi guruhi Oʻzbekistonga tashrif buyurib, “Oʻzaeronavigatsiya” markazi rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi.
Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekiston hududidan boshlanib, Tojikiston hududida AGVUT punktida tugaydigan yangi havo yoʻnalishining texnik jihatlarini ham muhokama qildilar.
Xabarda qayd etilishicha, yangi havo yoʻlagi operatorlar uchun vaqt va yonilgʻi sarfini tejash nuqtayi nazaridan juda foydali.
Tojikiston delegatsiyasi oʻzbekistonlik hamkasblariga Tojikiston aeronavigatsiyasining yangi mahsuloti – parvozlarni rejalashtirish avtomatlashtirilgan tizimi hamda PBN (performance based navigation – samolyotlarga istalgan trayektoriya boʻylab parvoz qilish imkonini beruvchi navigatsiya usuli)ni joriy etish natijalarini taqdim etdi.
Bundan tashqari, Tojikiston ishchi guruhi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining oʻquv binosida joylashgan Aeronavigatsiya axboroti xizmati va Oʻquv-mashgʻulot markazida boʻldi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonning Kubadagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi O‘zbekistonliklar Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi O‘zbekistonga 10 oyda qancha turist kelgani maʼlum qilindi