Rossiyalik trevel-bloger Oʻzbekiston poyezdidagi sayohatni “haqiqiy sinov” deb atadi
Joriy yilda O‘zbekistonga kelgan sayohatchi mahalliy poyezddagi sharoitlarni juda salbiy baholadi.
Rossiyalik trevel-bloger (sayohatlar haqida blog yurituvchi) ayol O‘zbekiston poyezdining platskart vagonida safar qilib, hech kimga, hech qachon bunday qilmaslikni tavsiya etdi. U Dzen platformasidagi “Layk Trevel Puteshestviya” blogida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u fevral oyi oxirida O‘zbekistonning uchta shahri — Toshkent, Buxoro va Xivada bo‘lgan. Shaharlar orasida poyezdda sayohat qilgan va ko‘pincha platskart vagonining yuqori o‘rindig‘idan joy topgan. Biroq, ayolga vagonlardagi isitish tizimi ko‘proq muammo keltirgan — ular juda issiq bo‘lgan.
Blogerning so‘zlariga ko‘ra, poyezddagi barcha mahalliy ayollar kamtarona kiyingan va juda issiq bo‘lganiga qaramay, ustki kiyimlarini yechmagan. Shuning uchun ayol ulardan o‘rnak olishga va chidashga qaror qilgan. Biroq, ertalab u qolgan sayohatchilarning ortiqcha kiyimlaridan qutulganini payqaydi.
O‘zbek poyezdidagi tunim chinakam sinovga aylandi, meni faqat mehribon, ijobiy va juda mehmondo‘st o‘zbeklar qutqardi, ular bilan muloqot qilish uchun men shunday issiq kechaga chidadim, deb xulosa qildi ayol.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Britaniyadagi musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi Jahon banki O‘zbekistonga 800 mln dollar imtiyozli kredit ajratdi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida maxfiy axborotni himoya qilish to‘g‘risidagi bitim ma’qullandi O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotganidan xavotir bildirdi O‘zbekiston Shveysariyadan ikkita poyezd sotib oladi