O‘zbekiston elektron hukumat reytingida 6 pog‘ona yuqoriladi
Oʻzbekiston “UN E-Government Survey”ning 2024-yilgi reytingida 6 pog‘ona yuqoriladi.
BMTning Ijtimoiy va iqtisodiy masalalar departamenti (UNDESA) 200 ga yaqin aʻzo davlatlar elektron hukumatining rivojlantirish holatini taqdim etuvchi “UN E-Government Survey”ning 2024-yilgi natijalarini eʻlon qildi.
Raqamli texnologiyalar vazirligining maʻlum qilishicha, 2022-yil natijalariga koʻra, Oʻzbekiston mazkur reytingda 0,7265 qiymat bilan 69-oʻrinni egallagan boʻlsa, 2024-yilda 0,7999 indeks hisobiga 6 pogʻona yuqoriga – 63-oʻringa chiqdi.
Oʻz navbatida ilk marotaba Oʻzbekiston elektron hukumatni rivojlantirish indeksi baland guruhidan (High EGDI) juda baland (Very High EGDI) guruhiga qoʻshildi. Ushbu natija “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining maqsadli koʻrsatkichlarida 2025-yil uchun belgilangan 0,75 qiymatdan ham oshdi, deyiladi vazirlik maʻlumotida.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Britaniyadagi musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi Jahon banki O‘zbekistonga 800 mln dollar imtiyozli kredit ajratdi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida maxfiy axborotni himoya qilish to‘g‘risidagi bitim ma’qullandi O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotganidan xavotir bildirdi O‘zbekiston Shveysariyadan ikkita poyezd sotib oladi