18 Sentabr 2024, 16:48 Oʻzbekiston

Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi

Rossiya Federatsiyasida qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam berildi.

Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi

Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam berildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati.

Unga ko‘ra, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari Udmurtiya Respublikasidagi “Eplas”, “Komos Grupp” va Tyumendagi “Sibur” korxonalari rahbariyati va u yerda ishlayotgan yurtdoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Agentlikning Yekaterinburgdagi vakili, Tobolsk shahar hokimiyati, Savdo-sanoat palatasi rahbariyati va hududdagi yirik ish beruvchilar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, Sankt-Peterburg hamda Voronejda murakkab vaziyatda qolgan yurtdoshlarga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatildi.

Mashhur yangiliklar