Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona-bola Oʻzbekistonga olib kelindi
Novosibirskda ogʻir vaziyatga tushib qolgan Oʻzbekiston fuqarolariga yordam koʻrsatildi.
Rossiyaning Novosibirsk shahrida ogʻir vaziyatga tushib qolgan Oʻzbekiston fuqarolariga yordam koʻrsatildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Novosibirsk aeroportida Sibir markazida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 17 yoshli bola va uning onasini vatanga kuzatish marosimi boʻlib oʻtgan.
Mamlakat Bosh konsulxonasi voyaga yetmagan yurtdoshimizning Oʻzbekistonga qaytishi uchun zarur boʻlgan hujjatlarini Rossiya tomonidan talab qilib olishda tezkor koʻmak koʻrsatgan. Natijada bola oʻz onasiga qaytarilgan va ular S7 aviakompaniyasi samolyotida Oʻzbekistonga joʻnab ketgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-onasi yoki qonuniy vakillarisiz, qiyin vaziyatda qolgan 14 nafar oʻzbekistonlik bola vatanga qaytarilgandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi AQShda qancha o‘zbekistonlik talaba tahsil olayotgani aytildi Turkiyada qarindoshi tomonidan fohishalikka majburlangan qiz O‘zbekistonga qaytarildi O‘zbekistonlik erkak Rossiyada odam o‘g‘irlab, pul talab qilishda ayblanmoqda Polshada YTHga uchragan O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatildi