9 Sentabr 2024, 10:15 Jahon, Oʻzbekiston

Rossiyada o‘zbekistonlik erkakning o‘limiga sababchi bo‘lgan politsiyachilar sudlanadi

Rossiyada 45 yoshli o‘zbekistonlik erkakni o‘rmonga tashlab ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan politsiyachilar sudlanadi.

Rossiyada o‘zbekistonlik erkakning o‘limiga sababchi bo‘lgan politsiyachilar sudlanadi

Moskva viloyatida O‘zbekistondan kelgan migrantni o‘rmonda unutib qoldirgan ikki politsiyachi sudlanadi. Erkakning jasadi bir necha oydan keyin topildi, deb xabar berdi Mash.

Shu yil may oyida huquq-tartibot idoralari xodimlari 45 yoshli migrantni mast holda qo‘lga olib, Dubrovo va Zagryajskaya qishloqlari orasidagi o‘rmonga «o‘ziga kelishi uchun» tashlab ketishgan. Ta’kidlanishicha, ular migrantni olib ketish uchun qaytib kelishmagan, oqibatda u o‘rmonda adashib qolgan.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston fuqarosining yaqinlari uni qidiruvga bergan. Uning qoldiqlari faqat sentabr oyida topilgan – uni hayvonlar yeb ketgan.

Xabarga ko‘ra, jabrlanuvchini oxirgi bo‘lib ko‘rgan kichik leytenant va katta serjant qo‘lga olingan. Politsiya xodimlari ishdan bo‘shatilgani va vakolatlarini suiiste’mol qilgani uchun sudga tortilishni rejalashtirilgani ta’kidlanmoqda.

Mashhur yangiliklar