Husniddin Norbekov uch karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibiga aylandi
Para yengil atletikachi Xusniddin Norbekov yadro uloqtirish bahslarida turnir rekordini o‘rnatib, Paralimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F35 klassida yadro uloqtirish musobaqasi yakunlandi.
E’tiborlisi, ushbu yo‘nalishda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Husniddin Norbekov 16.82 metr natija qayd etib, uchinchi bor Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Husniddin Norbekov bundan avval Rio—2016 va Tokio—2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, Norbekov Paralimpiya o‘yinlari rekordini (16.82 metr natija) yangiladi.
Ma’lumot uchun, bundan avvalgi rekord 2008 yil Pekinda bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida xitoylik Guo Vey tomonidan o‘rnatilgan edi. O‘shanda xitoylik sportchi 16.22 metr natija qayd etgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga mukofotlar topshirildi Toshkent mahalliy aeroporti orqali amalga oshiriladigan ayrim reyslar xalqaro terminalga oʻtkaziladi Paralimpiyada. Oʻzbekistonning oltin medallari soni 10 taga yetdi 15 yoshli Shahina Yigitaliyeva Paralimpiya o‘yinlari kumush medaliga ega chiqdi Prezident Paralimpiyada chempionlari — Sherzod Namozov va Husniddin Norbekov bilan telefonlashdi