Oʻzbekiston-Shimoliy Koreya oʻyinida maydonga tushgan muxlislar jiddiy jazolanadi
O‘FA va Toshkent shahar IIBB O‘zbekiston-Shimoliy Koreya o‘yini oldidan muxlislarga murojaatnoma yo‘lladi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Toshkent shahar IIBB 5-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Shimoliy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni “Bunyodkor” stadionida tomosha qilish istagida bo‘lgan hamyurtlarimizdan jamoat tartibiga qatʼiy rioya etish, muxlislik madaniyatiga amal qilishni so‘radi.
Maydonga tushish qatʼiyan man etiladi! Avvalgi uchrashuvlardan birida OFK tomonidan belgilangan qoidalarni qo‘pol ravishda buzib, maydonga yugurib chiqqan va shu orqali tartibsizlik yuzaga keltirgan muxlislarga nisbatan huquq-tartibot organlari tomonidan maʼmuriy hamda moddiy jazo qo‘llanilgani haqida eslatib o‘tmoqchimiz.
Futboldan zavq olib, qoidalarni buzmay, stadionda faoliyat olib boradigan yuzlab insonlar mehnatini hurmat qilib, yuqori kayfiyatda uchrashuvga tashrif buyurishingizni so‘rab qolamiz, deyiladi murojaatnomada.
Мавзуга оид хабарлар:
FIFA Abbosbek Fayzullayevni e’tirof etdi JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi Abbosbek Fayzullayevga “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovrini topshirildi JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston Qatarga mag‘lub bo‘ldi Layk uchun otasini urishini aytgan 24 yoshli yigit nazoratga olindi