Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari O‘zbekistonga keladi
Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari Yanush Voytsexovskiy 5-6-sentyabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari Yanush Voytsexovskiy 5-6-sentyabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining Toshkentdagi delegatsiyasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Tashrif YIning O‘zbekiston bilan davom etayotgan hamkorligidagi muhim qadam bo‘lib, iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi kabi global muammolarni hal qilish hamda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha umumiy majburiyatni bildiradi, deya ta’kidladi diplomatik missiya.
Yanush Voytsexovskiy “Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar: oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari” xalqaro forumining ochilishida so‘zga chiqadi.
U o‘z nutqida YIning barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotini qo‘llab-quvvatlash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ayniqsa, dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlarda olib borilayotgan sa’y-harakatlarini alohida ta’kidlaydi.
Komissar hukumat vakillari, jumladan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan ham uchrashuvlar o‘tkazadi. Ularda qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini kengaytirish, savdo istiqbollari va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonning Kubadagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi O‘zbekistonliklar Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi O‘zbekistonga 10 oyda qancha turist kelgani maʼlum qilindi