Keysuke Minami O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi bo‘ldi
Taniqli aktyor va boshlovchi Keysuke Minami O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi.
Keysuke Minami joriy yilning aprel oyida Yaponiyaning eng mashhur sayyohlik ko‘rsatuvi – Asada! Namadesu tabi sarada’ning O‘zbekistonga bag‘ishlangan turkum ko‘rsatuvlarini tasvirga oldi. U mazkur loyihani suratga olish uchun mamlakatga amalga oshirilgan ijodiy safari juda katta taassurot qoldirganini ta’kidladi.
Yapon aktyori Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlarining tarixiy obidalari, milliy taomlari, mehmondo‘st xalqi va ushbu hududlarda sayyohlar uchun yaratilgan qulayliklarni juda yuqori baholadi. Tashrif yakunlari bo‘yicha tayyorlangan O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan 5 qismli ko‘rsatuv yapon tomoshabinlari orasida ham juda katta qiziqishga sabab bo‘ldi.
Keysuke Minami bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida elchixona bilan hamkorlikda Yaponiyada mamlakat turizm salohiyati va O‘zbekiston turizm brendini keng targ‘ib qilish, sayyohlik loyihalarini amalga oshirish, yetakchi OAVda yurt salohiyati haqida ko‘rsatuvlar tayyorlash va maqolalar chop etish bo‘yicha kelishib olindi.
Keysuke Minami 1985 yilda Tokio shahrida tug‘ilgan. Yaponiyaning mashhur Vaseda universiteti bitiruvchisi. Bir qancha yapon kino va seriallarida bosh rollarni ijro etgan. Yaponiyaning eng mashhur sayyohlik ko‘rsatuvi – Asada! Namadesu tabi sarada’ning asosiy boshlovchilaridan biri sifatida faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, u «Jahon tarixiy merosi» master sertifikatiga ega bo‘lib, «Jahon merosi akademiyasi» (World Heritage Academy) lektori sifatida ishlaydi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonning Kubadagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi O‘zbekistonliklar Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi O‘zbekistonga 10 oyda qancha turist kelgani maʼlum qilindi