30 Avgust 2024, 08:55 Jahon, Oʻzbekiston

Rossiyada quduq qaziyotgan oʻzbekistonlik erkakni tuproq bosib qoldi

Fuqaro hodisa joyida vafot etgan, keyinroq uning jasadi tuproq ostidan chiqarib olingan.

Rossiyada quduq qaziyotgan oʻzbekistonlik erkakni tuproq bosib qoldi

Rossiyada 29 yoshli oʻzbekistonlik erkak tuproq bosib qolishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Фонтанка” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa Leningrad viloyatining Lodeynopolskiy tumanida sodir boʻlgan. Sankt-Peterburgda roʻyxatdan oʻtgan 29 yoshli oʻzbekistonlik Pirkinichi bogʻdorchilik hududidagi yer uchastkasida quduq qazayotgan vaqtida uni tuproq bosib qolgan. Keyinroq uning jasadi tuproq ostidan chiqarib olingan.

Manbaga koʻra, hozirda Tergov qoʻmitasi xodimlari hodisa sabablarini oʻrganmoqda.

Mashhur yangiliklar