Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida uzun navbatlar yuzaga keldi
Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi holat yuzasidan izoh berdi.
Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi nazorat-oʻtkazish punktlari odatdagidek ishlamoqda, deb xabar berdi Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasiga tayanib 24.kg.
Qayd qilinishicha, 10-avgustdan boshlab “Doʻstuk-avtodorojniy” nazorat-oʻtkazish punkti orqali yoʻlovchi tashish va avtomobillar harakatining oʻsishi kuzatilgan. Har kuni nazorat-oʻtkazish punktidan 18-26 ming kishi oʻtmoqda. Shu bilan birga, chegara nazoratini uzluksiz amalga oshirishni hisobga olgan holda uning oʻtkazish qobiliyati kuniga 16 ming 400 kishini tashkil etadi.
Taʼkidlanishicha, “Dostuk-Avtodorojniy” nazorat-oʻtkazish punkti orqali chegarani kesib oʻtuvchi fuqarolar va transport vositalari sonining sezilarli darajada koʻpayishi navbatlar, shuningdek, nazorat-oʻtkazish punkti oldida yoʻlovchi transport vositalarining toʻplanib qolishiga sabab boʻlmoqda.
Bunga Qirgʻizistonning Oʻsh viloyatidagi bozorlar (ulgurji savdo kunlari seshanba va shanba kunlari), talabalarning oʻqish joylariga borishi, davom etayotgan sayyohlik mavsumi va mavsumiy ishlar sabab ekani aytilgan.
28-avgust holatiga koʻra Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasida quyidagi nazorat-oʻtkazish punktlari ishlamoqda:
- Jalolobod viloyatida: “Madaniyat-Avtodorojniy”, “Baymak-Avtodorojniy”;
- Oʻsh viloyatida: “Dostuk-Avtodorojniy”;
- Botken viloyatida: “Qizil-Qiya-yoʻl”, “Qadamjoy-yoʻli”, “Kaytpas-yoʻli”, “Oq-Qiya yoʻli”, “Oʻtukchu-yoʻli”, “Chechme-yoʻl”.
Chegara xizmati fuqarolarga safar yoʻnalishlarini oldindan rejalashtirishni tavsiya qilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Qirg‘iziston ko‘mir eksportini yarim yilga chekladi O‘zbekistonning Kubadagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi O‘zbekistonliklar Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi