26 Avgust 2024, 08:50 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda yangi o‘quv yilida yana 5 ta OTM ish boshlaydi

2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari soni yana 5 taga ko‘payadi.

O‘zbekistonda yangi o‘quv yilida yana 5 ta OTM ish boshlaydi

O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilida 5 ta yangi oliy ta’lim muassasasi faoliyatini boshlaydi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumot berdi.

Qayd qilinishicha, 2024/2025 o‘quv yilida respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida jami 1 mln 167 ming nafardan ortiq, jumladan, ikkinchi va undan yuqori kursda 652 ming nafar, birinchi kursda 215 ming nafardan ortiq talaba ta’lim olishi kutilmoqda.

2024/2025 o‘quv yilida 5 ta yangi oliy ta’lim muassasasi faoliyatini boshlaydi:

  • Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti (davlat OTM);
  • Toshkent tibbiyot akademiyasi Chirchiq filiali (davlat OTM);
  • M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining Chirchiq shahridagi filiali (xorijiy OTM filiali);
  • Toshkent Amerika texnologiyalar universiteti (nodavlat OTT);
  • Toshkent Metropoliten universiteti (nodavlat OTT).

Ta’kidlanishicha, Top-300 oliygoh ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim yo‘nalishlari 40 foizgacha maqbullashtirilgan, natijada 306 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 183 taga, 645 ta magistratura mutaxassisliklari 546 taga qisqartirilgan.

Mashhur yangiliklar