24 Avgust 2024, 08:17 Oʻzbekiston, Jahon

Qirgʻizistonda 4,7 magnitudali zilzila qayd etildi

Qirgʻizistonda sodir boʻlgan zilzila Oʻzbekistonning 9 ta hududida sezildi.

Qirgʻizistonda 4,7 magnitudali zilzila qayd etildi

Qirgʻizistonda sodir boʻlgan zilzila kuchi Oʻzbekiston hududida ham sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Qayd etilishicha, zilzila Toshkent vaqti bilan 24-avgust kuni soat 01:33 da (Grinvich boʻyicha 23-avgust soat 20:33 da) sodir boʻlgan. Yer silkinishining koordinatalari 39,82 gradus shimoliy kenglik, 71,39 gradus sharqiy uzunlikka teng.

Manbaga koʻra, yer qimirlashi 10 km chuqurlikda yuzaga kelgan, uning magnitudasi 4,7 ga teng. Zilzila epitsentri Toshkentdan 244 km janubiy-gʻarbda joylashgan.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Soʻx tumanida 2-3 ball, 37 km.
  • Fargʻona tumanida 2 ball, 61 km.
  • Rishton tumanida 2 ball, 62 km.
  • Fargʻona shahrida 2 ball, 71 km.
  • Quvasoy shahrida 2 ball, 72 km.
  • Oltiariq tumanida 2 ball, 72 km.
  • Oʻzbekiston tumanida 2 ball, 73 km.
  • Bagʻdod tumanida 2 ball, 76 km.
  • Margʻilon shahrida 2 ball, 76 km.

Mashhur yangiliklar