Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining maʼlum qilishicha, so‘nggi kunlarda Rossiya Federatsiyasi aeroportlarida mamlakat hududiga kirib borayotgan fuqarolardan hujjatlarining bir necha soatlab tekshirish holatlari va bu o‘z navbatida bir qator muammolarni yuzaga keltirayotgani bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda.
Rossiya bo‘ylab xavfsizlik choralarining kuchaytirilgani munosabati bilan ushbu davlatga borayotgan, mamlakat hududida bo‘lib turgan yoki mamlakatdan chiqib ketayotgan yurtdoshlardan xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanish so‘raldi.
Shuningdek, Rossiya Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali mamlakat hududiga kirish uchun taqiq bor yoki yo‘qligini tekshirib, shundan so‘ng Rossiyaga borish tavsiya etildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi Tojikiston fuqarolari Rossiyaga bormaslikka chaqirildi Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona-bola Oʻzbekistonga olib kelindi Turkiyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik erkak deportatsiya qilindi Rossiyada qarovsiz qolgan 14 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi