21 Avgust 2024, 10:50 •Oʻzbekiston
Surxondaryoda piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan erkak qamaldi
Surxondaryo viloyatida piyodani urib ketgan haydovchi 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Surxondaryo viloyatida katta tezlik bilan kelib, piyodani urib yuborgan haydovchi 6 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 8 iyun kuni Surxondaryo viloyatida haydovchi tezlikni nazorat qilib bo‘lmas darajada oshirgan va YTH sodir qilgan. Oqibatda 1 kishi jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Holat yuzasidan to‘plangan ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Haydovchiga nisbatan 6 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Qilgan qilmishimdan pushaymonman. Faqat uzr so‘rayman, deydi haydovchi.
Ma’lum bo‘lishicha, haydovchining 5 nafar farzandi bor.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar

Toshkentda uyida narkotik yetishtirgan fuqarolar qo‘lga olindi
2 May 2025, 22:17
Ukrainada 11 kishini o‘ldirgan O‘zbekiston fuqarosi umrbodga qamaldi
2 May 2025, 18:15
Markaziy bank muddatli to‘lovlar bozorini tartibga solishni boshlashni rejalashtirmoqda — Timur Ishmetov
2 May 2025, 17:11
O‘zbekistondagi Damas zavodida yangi avtomobil ishlab chiqarish boshlanadi
2 May 2025, 15:47
Xivadagi davlat tashkilotlari shahar chekkasiga ko‘chiriladi, binolari savdoga qo‘yiladi
2 May 2025, 14:00
O‘zbekistonda Fransiya universitetini ochish rejalashtirilmoqda
2 May 2025, 12:24
Denovda 32 nafar bog‘cha bolasini Damas’da tashigan haydovchiga chora ko‘rildi
2 May 2025, 10:51
Birjada propan narxi metan narxi oshishi fonida 21 foizga oshdi
1 May 2025, 21:23