Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari 7,5 yilga qamaldi
Namangan viloyati hokimining qurilish bo‘yicha sobiq o‘rinbosari 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan Saidahmad Sultonovga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Sud hukmida keltirilishicha, Saidahmad Sultonov tender savdolari o‘tkazilmagan va loyiha-smeta hujjatlari rasmiylashtirilmagan holda viloyat hududidagi bir nechta ichki yo‘llarni qurish ishlarini og‘zaki ko‘rsatmalar bilan “Namangan qurilish dizayn savdo” MChJga topshirgan.
Bu orqali MChJ rahbari va boshqalar bilan oldindan til biriktirib, budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilinishiga sababchi bo‘lgan.
Shuningdek, Sultonov 2018 yil 26 noyabr kunidan 2020 yil 20 oktyabr kuniga qadar Namangan viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab, juda ko‘p miqdordagi budjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgani ham aniqlangan.
Saidahmad Sultonov sud hukmi bilan Jinoyat kodeksi 167-moddasi 3-qismining “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168-moddasi 4-qismining “a” bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik), 205-moddasi 2-qismining “a” bandida (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 3 yil muddatga davlat ishtirokidagi tashkilotlarda, shu jumladan hokimlik tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Buxoroda erkak xotinining boshiga bolta bilan ogʻir jarohat yetkazdi Toshkentda tanishining jinsiy a’zosini kesib tashlaganlarga sud hukmi o‘qildi Sud Botir Qodirovni Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li deb topdi Ohangaron va Namanganda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Sobiq vazir Aziz Voitov ishi sudda ko‘rib chiqildi