17 Avgust 2024, 13:34 Jahon, Oʻzbekiston

O‘zbekistonlik haydovchi Toyota avtomobillarini hojatxona qog‘oziga o‘rab bojxonadan o‘tkazishga urindi

O‘zbekistonlik haydovchi 3 ta Toyota avtomobilini hojatxona qog‘oziga o‘rab bojxonadan o‘tkazmoqchi bo‘ldi.

O‘zbekistonlik haydovchi Toyota avtomobillarini hojatxona qog‘oziga o‘rab bojxonadan o‘tkazishga urindi

O‘zbekistonlik fuqaro 3 ta Toyota Land Cruiser avtomobilini hojatxona qog‘oziga o‘rab Belarusga olib kirishga urindi. Bu haqda Litva Respublikasi bojxona xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston fuqarosi yuk mashinasini boshqarib, og‘irligi 720 kg bo‘lgan hojatxona qog‘ozini olib ketayotganini ma’lum qilgan. Biroq bojxonachilar yarim tirkamada kontrabanda bo‘lishi mumkinligidan shubhalanib, mashinani rentgenogrammadan o‘tkazgan.

Orqa tomonida hojatxona qog‘ozi qutilari va yon tomonlaridagi yarim tirkama sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirilganda, uchta transport vositasi aniqlangan. Jami uchta Toyota Land Cruiser yo‘ltanlamaslari topildi. Ular avtomobillarni noqonuniy ravishda chet elga olib chiqishga urindi, deyiladi bojxona xabarida.

Haydovchi topilmadan hayratda qolib, bunday yuk haqida hech narsa bilmasligini aytgan. Umumiy qiymati 87 ming yevro bo‘lgan avtomobillar bojxonachilar tomonidan xatlangan. Haydovchi garov evaziga qo‘yib yuborilgan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan. Shu sababli yuk mashinasi haydovchisiga mamlakatni tark ketmaslik haqida yozma majburiyat yuklangan.

Litva Jinoyat kodeksining 199-moddasiga asosan haydovchiga jarima yoki 8 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Mashhur yangiliklar