Navoiyda 281 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
Qiziltepa tumanida jami 281 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalangan shaxslar qo‘lga olindi.
Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Qiziltepa tumanida joylashgan “K.Q.J.” fermer xo‘jaligiga tegishli elektr hisoblagichga tashqi taʼsir ko‘rsatilib, 175 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan.
Shuningdek, ushbu tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolar M.B. va I.S. lar dehqonchilik yerlarini sug‘orish maqsadida suv nasoslarini hech qanday hujjatlarsiz tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 106 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi maʼlum bo‘ldi.
Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi Navoiyda saksovullarni sindirgan shaxslarga jarima belgilandi Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Samarqandda fermer xo‘jaligi salkam 1 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlagani aniqlandi Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi