Namanganda bir oilaning 3 nafar a’zosi o‘ldirildi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyatining Pop tumanida bir oilaning uch nafar a’zosi — ona va uning ikki nafar farzandi pichoqlab, o‘ldirildi. Bu haqda Daryo manbasiga tayanib xabar berdi.
Unga ko‘ra, voqea 9-avgust kuni soat 21:40 larda sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Pop tumanining “Boyon” MFY, Boyon-3 ko‘chasida yashovchi fuqaro M.A. ismli ayol qarindoshining yashash xonadoniga borib, avvaldan mavjud bo‘lgan mulkiy nizo sabab u bilan janjallashib qolgan. M.R. ayol qarindoshi va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandini pichoq bilan qasddan urib o‘ldirib, voqea joyidan yashiringan.
Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur holat yuzasidan 2024-yilning 10-avgust kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Namangandagi omborxonadan 800 mln so‘mlik noqonuniy dorilar topildi Toshkentda tanishining jinsiy a’zosini kesib tashlaganlarga sud hukmi o‘qildi Ohangaron va Namanganda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Fargʻonada 72 yoshli ota oʻgʻlini pichoqlab oʻldirdi Mingbuloq tumani sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi