11 Avgust 2024, 00:22 Sport

Razambek Jamalov Parij Olimpiadasi oltin medaliga ega chiqdi

Erkin kurash bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Razambek Jamalov Olimpiada chempioni bo‘ldi.

Razambek Jamalov Parij Olimpiadasi oltin medaliga ega chiqdi

Oltin medal uchun kechgan bellashuvda O‘zbekiston vakili Razambek Jamalov yaponiyalik Daichi Takataniga qarshi gilamga chiqib, raqibini muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratdi.

Eslatib o‘tamiz, Jamalov avvalgi bosqichlarda Olimpiada finalchisi Magomedhabib Nurmagomedov (neytral), 4 karra Yevropa chempioni Taymuraz Salkazanov (Slovakiya), Albaniya vakili Chermen Valiyev va tojikistonlik Valentin Rassadindan ustun kelgandi.

Shu tariqa O‘zbekiston kurash jamoasi turnirni 1 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan yakunladi. Bungacha -67 kg vaznda G‘ulomjon Abdullayev sovrindorlar qatoridan joy olgandi.

Razambek Jamalovning natijasidan keyin O‘zbekiston delegatsiyasining barcha medallari soni 10 taga yetdi — 6 oltin, 1 kumush va 3 bronza.

Mashhur yangiliklar