Rossiyada 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi
Ular mamlakatdan chiqarib yuborish uchun Moskva viloyatidagi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan.
8 avgust kuni O‘zbekiston elchixonasining konsullik bo‘limi xodimlari Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva viloyati Odinsovo shahar okrugidagi boshqarmasida bo‘lishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Odinsovo shahar okrugidagi 5-politsiya bo‘limida 4 kundan ortiq vaqt davomida 15 nafar O‘zbekiston fuqarolari noqonuniy ushlab turilganligi haqida video-material tarqatilgan edi.
Tashrif davomida politsiya bo‘limida 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi borligi aniqlandi, ular o‘tkazilgan reyd natijasida hibsga olingan. Vatandoshlar Moskva viloyati hududida, tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanganlari ma’lum bo‘ldi.
9 avgust kuni ushbu fuqarolar mamlakatdan chiqarib yuborish uchun Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva viloyati bosh boshqarmasi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga joylashtirildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi Tojikiston fuqarolari Rossiyaga bormaslikka chaqirildi Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona-bola Oʻzbekistonga olib kelindi Turkiyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik erkak deportatsiya qilindi Rossiyada qarovsiz qolgan 14 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi