Germaniyadagi eng yirik aeroport sichqon sabab elektrsiz qoldi
Frankfurtdagi eng yirik aeroportda kemiruvchi tufayli bir necha soat elektr uzilib qoldi.
Germaniyaning Frankfurtdagi eng yirik aeroporti kemiruvchi tufayli kecha tunda qisman elektr quvvatisiz qoldi. Bu haqda Spiegel xabar berdi.
Hodisa 5 avgust kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Elektr uzilishi tufayli aeroportning 1-terminalidagi hududlar zarar ko‘rgan. Ushbu sektordan asosan Lufthansa aviakompaniyasi foydalanadi.
Elektrdagi uzilishga qo‘shimcha ravishda, terminal maydoni qisman tutun bilan qoplangan. Aeroport vakilining so‘zlariga ko‘ra, zudlik bilan favqulodda zaxira quvvat yoqilgan, shuning uchun yo‘lovchilarga hech qanday xavf bo‘lmagan.
Ertalab normal quvvat tiklangan. Biroq avariya bagajni saralash tizimidagi nosozlik tufayli Discover Airlines va Lufthansa aviakompaniyalarining parvozlar jadvalini biroz buzgan.
Aeroportda ma’lum qilinishicha, halokatga kemiruvchi sichqon sabab bo‘lgan — chaynalgan kabel yonida uning o‘ligi topilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Samarqandda fermer xo‘jaligi salkam 1 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlagani aniqlandi Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi Uch hududda 671 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi