Buxoroda 50 yoshli erkak 29 yoshli ayolni pichoqlab o‘ldirdi
Ma’lum bo‘lishicha, marhuma erkakning uchinchi xotini bo‘lgan.
Buxoro viloyatining Buxoro tumanidagi “Rabotak” mahallasida yashovchi 50 yoshli erkak 29 yoshli ayolni pichoqlab o‘ldirdi. Ma’lum bo‘lishicha, marhuma erkakning uchinchi xotini bo‘lgan.
Xotini 2018-yil vafot etgan A.D. 2018—2019-yillarda Buxoro shahrida yashovchi ayol bilan yashab kelgan. Bir nafar farzandi tug‘ilgach, ayol bilan ajrashgan. 2019-yilda esa Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi 24 yoshli ayol bilan turmush qurgan.
Oilaboshi hech qayerda ishlamagach, farzand tug‘ilgan oilada muammolar kelib chiqa boshlagan. Shundan so‘ng ayol mahallada kafelarning birida ishlay boshlagan. 50 yoshli erkak ayolini rashk qilib, har kuni kafeda janjal ko‘targan. Kunlarning birida ayolining unga xiyonat qilayotgani aytilgan xabardan so‘ng, bu to‘polon kattalashgan va qotillik bilan yakunlangan.
2024-yilning 30-iyul kuni ayoli ishlayotgan kafega borgan erkak janjal oqibatida oshxona pichog‘i bilan ayolining chap bel sohasiga og‘ir tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan. Ayol esa voqea joyida vafot etgan.
Buxoro viloyati prokuraturasi axborot xizmatining bildirishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi ushlangan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Buxoroda avariya sabab ayrim hududlar vaqtincha gazsiz qoldi Buxoroda saksovul oʻgʻrilari 40 mln soʻm toʻlaydigan boʻldi Buxoroda 2 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyini yoqib yuborgan ayol qamaldi Uch hududda “valyutchik”lar ushlandi