5 Avgust 2024, 14:21 Oʻzbekiston

Andijonda erkak xotini va qaynonasini temir jism bilan urib o‘ldirdi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, gumon qilinuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Andijonda erkak xotini va qaynonasini temir jism bilan urib o‘ldirdi

Tarmoqlarda Andijon viloyatida erkak xotini va qaynonasini temir jism bilan urib o‘ldirgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 1-avgust kuni soat 08:30 atrofida Paxtaobod tumanida yashovchi 41 yoshli erkak A.N. turmush o‘rtog‘i va qaynonasi bilan o‘zaro janjallashgan.

So‘ngra ikkisiga ham temir jism bilan tan jarohati yetkazgan. Olingan jarohatlar oqibatida qaynona voqea joyida, turmush o‘rtog‘i esa shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Mashhur yangiliklar