5 Avgust 2024, 12:13 Sport

O‘zbekistonlik dzyudochi Parij olimpiadasidan so‘ng faoliyatini yakunladi

Gulnoza Matniyozova professional sportchilik faoliyatini rasman yakunladi.

O‘zbekistonlik dzyudochi Parij olimpiadasidan so‘ng faoliyatini yakunladi

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Gulnoza Matniyozova Parij—2024 yozgi Olimpiada o‘yinlaridan so‘ng o‘zining professional sportchilik faoliyatini rasman yakunladi.

Sportchi Fransiyada kechayotgan Olimpiada o‘yinlari doirasida aralash jamoaviy dasturda 3 ta terma jamoa vakillariga qarshi bellashuvlarning barchasida g‘alaba qozondi. Terma jamoa medallar uchun bellashuvlarni to‘xtatgach, Gulnoza sportchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

Matniyozova Rio-2016, Tokio-2020 va Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlari, 3 ta Osiyo o‘yinlari, jahon chempionatlari, “Katta dubulg‘a” va Gran-pri musobaqalarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan. 2021-yil “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Avvalroq Parijda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiadaning dzyudo turida jamoaviy dastur bo‘yicha bronza medal uchun o‘tish bahsida o‘zbekistonlik dzyudochilar Janubiy Koreya vakillari bilan kuch sinashib, 4:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

O‘zbekiston dzyudochilari yakkalik bahslarida 3 ta medal jamg‘arib, Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi.

Mashhur yangiliklar