Turkiyada o‘zbekistonlik ayol fohishalikka majburlanayotgani aytildi
O‘zbekistonning Turkiyadagi bosh konsulxona holat bo‘yicha izoh berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik ayol Turkiyada fohishalikka majbur qilingani haqida video tarqaldi. Bosh konsulxona holat bo‘yicha izoh berdi.
Unga ko‘ra, Bosh konsulxona tomonidan ushbu voqea ishtirokchilarini aniqlash va vakolat doirasida tegishli chora-tadbirlarni belgilash bo‘yicha zarur ishlar olib borilmoqda.
Ushbu video qachon va qayerda tasvirga olingani, undagi shaxslarning kim va qaysi davlat fuqarolari ekani to‘g‘risida hozirgi vaqtga qadar aniq ma’lumotlar mavjud emas.
Shu munosabat bilan, mazkur videoda aks ettirilgan ayollarning shaxsi, ularning boshqa jinoiy qilmishlari yoki ulardan jabr ko‘rganlar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan Bosh konsulxonaning elektron manziliga ma’lumot yuborish so‘raldi.
Murojaat qilgan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi AQShda qancha o‘zbekistonlik talaba tahsil olayotgani aytildi Turkiyada qarindoshi tomonidan fohishalikka majburlangan qiz O‘zbekistonga qaytarildi O‘zbekistonlik erkak Rossiyada odam o‘g‘irlab, pul talab qilishda ayblanmoqda Polshada YTHga uchragan O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatildi