27 Iyul 2024, 15:26 Oʻzbekiston

Prokuror “Saidaziz Medgorodok”ga 20 yil berishni so‘radi

26 iyul kungi sud majlisida prokuror muzokara nutqiga chiqib, suddan Saidaziz Saidaliyevga 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni so‘radi.

Prokuror “Saidaziz Medgorodok”ga 20 yil berishni so‘radi

“Saidaziz Medgorodok” ishida sud tergovi yakunlandi. 26 iyul kungi sud majlisida prokuror muzokara nutqiga chiqib, suddan Saidaziz Saidaliyevga 20 yil, Mirsolih Mirxo‘jayevga 15 yil, boshqa sudlanuvchilarga 3 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni so‘ragan.

Jumladan, davlat ayblovchisi sudlanuvchilar Sh.Samiyevga 15 yil; G‘. O‘rinboyev, F.Alimov va J.Badalovga 13 yil; Sh. Quvvatov, A.Akramov, U. Rahimov va I. Sotiboldiyevga 12; Samadovga 11 yil; D. Sultonovga 8 yil va boshqa sudlanuvchilarga turli muddatlarga qamoq jazosi, jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashni belgilashni so‘radi.

Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi Saidaziz Saidaliyevga dastlabki tergov organi tomonidan jinoyat ishi yuzasidan 14 ta epizod bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Prokuror muzokara nutqida B.Qudratullayevni 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilish, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashni belgilashni so‘ragan. Jinoiy yo‘l bilan orttirilgan pul va boshqa boyliklarni jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplashga, qolgan qismini davlat foydasiga o‘tkazishni so‘ragan.

Keyingi sud majlisida advokat va sudlanuvchilar tinglanadi. Sud 30 iyulga qadar tanaffus e’lon qildi.

Mashhur yangiliklar