24 Iyul 2024, 17:23 Oʻzbekiston

O‘zbekistonlik alpinistlar ilk bor O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarildi

Alpinistlar ushbu nuqtaga ko‘tarilishni 24-iyul kuni 67 yoshni qarshi olgan Shavkat Mirziyoyev tug‘ilgan kuniga bag‘ishladi.

O‘zbekistonlik alpinistlar ilk bor O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarildi

O‘zbekistonlik alpinistlar ilk bor O‘zbekistonning eng baland nuqtasi — dengiz sathidan 4668 metr balandlikka ko‘tarildi.

Alpinistlar Surxondaryo viloyatida joylashgan ushbu cho‘qqiga ko‘tarilishni 24-iyul kuni 67 yoshni qarshi olgan Shavkat Mirziyoyev tug‘ilgan kuniga bag‘ishladi.

Cho‘qqiga davlat bayrog‘i bilan ko‘tarilgan alpinistlar mamlakatdagi keng ko‘lamli ijobiy o‘zgarishlarning ramzi sifatida cho‘qqi nomini “Yangi O‘zbekiston” deb o‘zgartirishni taklif qildi.

Bu jarayon tajribali alpinistlar tomonidan bir necha oylik tayyorgarlik va bir hafta davomidagi ekspeditsiya natijasida yangi yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirildi.

Mashhur yangiliklar