FIFA reytingi: Oʻzbekiston bir pogʻona yuqoriladi, Ispaniya 3-oʻringa koʻtarildi
Srechko Katanes shogirdlari 2023-yilni 68-oʻrinda yakunlagan boʻlsa, Qatarda oʻtgan Osiyo kubogidan keyin 66-oʻringa koʻtarilgandi.
FIFA rasmiy sayti milliy jamoalarning yangi reytingini eʼlon qildi. Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy jamoasi bu safar 61-pogʻonaga yuqorilagan.
Srechko Katanes shogirdlari 2023-yilni 68-oʻrinda yakunlagan boʻlsa, Qatarda oʻtgan Osiyo kubogidan keyin 66-oʻringa koʻtarilgandi.
Mart oyidagi FIFA kunlari doirasida Hongkongga qarshi JCH-2026 2-saralash bosqichidagi gʻalabalardan keyin (2:0, 3:0) Oʻzbekiston milliy jamoasi JCH-2026 hal qiluvchi saralash bosqichi va Osiyo kubogi-2027ga yoʻllanmasiga ega chiqib, reytingda 64-oʻringa yuqorilagandi.
JCH-2026 2-saralashi doirasidagi Turkmaniston (3:1) va Eron (0:0) bilan oʻyinlardan keyin vakillarimiz yana ikki pogʻona yuqorilab, 62-oʻrindan joy oldi. Iyul oyida eʼlon qilingan reytingda esa Oʻzbekiston 61-oʻringa koʻtarilgan.
FIFA reytingida Argentina milliy jamoasi 1-oʻrinda bormoqda, Fransiya 2-oʻrinda qoldi. Yevropa chempioniga aylangan Ispaniya 8-oʻrindan 3-pogʻonaga koʻtarildi. Angliya esa 5-oʻrindan 4-oʻringa chiqqan. Braziliya 5, Belgiya 6-oʻringa pastlagan. Niderlandiya (7), Portugaliya (8), Kolumbiya (9) va Italiya (10) oʻnlikdan joy olgan.
Osiyo jamoalari top-10lik orasida esa vakillarimiz 8-oʻrindan joy olgan. Yaponiya qitʼada peshqadam sanaladi – 18-oʻrin, Eron (20) va Janubiy Koreya (23) uchlikda. Avstraliya (24), Qatar (34), Iroq (55), Saudiya Arabistoni (56), Oʻzbekiston (61), Iordaniya (68) va BAA (69) va joy olgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Oʻzbekiston-Shimoliy Koreya oʻyinida maydonga tushgan muxlislar jiddiy jazolanadi FIFA O‘zbekistonda o‘tadigan futzal bo‘yicha JCh timsolini e’lon qildi O‘zbekiston Olimpiya jamoasining 18 kishilik yakuniy tarkibi ma’lum bo‘ldi Сурхондарёда футбол мусобақаси пайти ИИБ ходимларига тош отиб, қаршилик кўрсатган 13 нафар шахс жазоланди Сирдарёда Captiva билан стадионга тушган шахсга жиноят иши қўзғатилди