8 Avgust 2024, 15:08 Sport

Ruslan Chagayev Madrimov va Krouford jangi haqida fikr bildirdi

Ruslan Chagayev Isroil Madrimov—Terens Krouford jangida o‘zbekistonlik bokschining harakatlarini yuqori baholadi.

Ruslan Chagayev Madrimov va Krouford jangi haqida fikr bildirdi

O‘zbek boks afsonalaridan biri Ruslan Chagayev 4-avgust kuni bo‘lib o‘tgan Isroil Madrimov—Krouford jangi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Jangni to‘liq ko‘ra olmadim. Bahsning eng yorqin vaziyatlarini ko‘rib chiqdim. Men uchun Isroil zo‘r jang o‘tkazdi. Madrimov bundan ham yaxshiroq jang o‘tkazishi mumkin edi, deyish mumkin, ammo Krouford juda katta darajadagi bokschi. Krouford ikki vaznda Jahon chempioni, P4P reytingi yetakchisi hisoblanadi. Menimcha, Isroil juda yaxshi jang o‘tkazdi, deydi u.

Ma’lumot uchun, ushbu jangda Isroil Madrimov ochkolar hisobidagi kichik farq evaziga (116—112, 115—113, 115—113) mag‘lubiyatga uchradi.

Bungacha Isroil professional boksda 11 jang o‘tkazib, 10 bora g‘alaba qozongan va bir jangda durang qayd etilgan edi.

Mashhur yangiliklar