10 Avgust 2024, 02:10 Sport

Parij-2024. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev O‘zbekiston delegatsiyasiga 4-oltinni keltirdi

-71 kg vazn toifasida harakat qiladigan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev finalda meksikalik Marko Alonso Verdega qarshi jang qildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Parij-2024. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev O‘zbekiston delegatsiyasiga 4-oltinni keltirdi

Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.

-71 kg vazn toifasida harakat qiladigan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev meksikalik Marko Alonso Verdega qarshi jang qildi.

Birinchi raund to‘liq Asadxo‘janing ustunligida o‘tdi va 5:0 hisobi qayd etildi. Ikkinchi raund ham 5:0 hisobida o‘zbekistonlik bokschining foydasiga hal bo‘ldi.

Uchinchi raundda ham raqibiga imkon qoldirmagan Asadxo‘ja Parij Olimpiadasi oltin medaliga ega chiqdi.

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev musobaqadagi ilk jangini misrlik Omar Elavadiga qarshi o‘tkazib, mutlaq ustunlik qilib g‘alaba qozongan edi. Ikkinchi jangda daniyalik Nikolay Terteryan taslim etilgandi. Yarim finalda esa AQSH vakili Omari Jons ustidan g‘alaba qozongandi.

Mashhur yangiliklar