4 Noyabr 2024, 17:48 •Sport
O‘zbekiston World Boxing tashkilotiga a’zo bo‘ldi
Shu tariqa tashkilotga a’zo bo‘lgan federatsiyalar soni 55 taga yetdi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi IBA’ni tark etib, yangi tuzilgan World Boxing tashkilotiga aʼzo bo‘ldi. Bu haqida tashkilotning rasmiy saytida ma’lum qilindi.
World Boxing tashkiloti 4 ta federatsiyani, jumladan, O‘zbekiston boks federatsiyasini ham tashkilotning yangi a’zosi sifatida tanishtirgan.
O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston, Gvatemala hamda Laos yangi tashkilot a’zoligiga qabul qilindi. Shu tariqa World Boxingga a’zo bo‘lgan federatsiyalar soni 55 taga yetdi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston kabi yetakchilarning qo‘shilishi xalqaro tashkilotning Osiyodagi o‘rnini sezilarli darajada oshirdi, deb yoziladi tashkilot xabarida.
Maʼlumot uchun, World Boxing tashkilotida niderlandiyalik Boris van der Vorst prezident hisoblanadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Umar Kremlyov o‘zbekistonlik Olimpiada chempionlariga 100 ming dollardan tarqatdi Isroil Madrimov 2 oy ichida 2 ta jang o‘tkazadigan bo‘ldi Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini fevralda o‘tkazishi mumkin Boks afsonasi Mayk Tayson va bloger Jeyk Pol jangi to‘liq davom etdi
Soʻnggi yangiliklar
Ikki hududda 360 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
12 Dekabr 2024, 09:39Toshkentda sodir bo‘lgan YTHda 18 yoshli haydovchi vafot etdi
12 Dekabr 2024, 08:50Samarqanddagi “zapravka”da yongʻin sodir boʻldi
12 Dekabr 2024, 08:1812-dekabr kuni ayrim joylarga tuman tushishi mumkin
12 Dekabr 2024, 07:32Kredit olishdan ixtiyoriy voz kechish mumkin bo‘ladi
11 Dekabr 2024, 19:16Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
11 Dekabr 2024, 18:41Toshkentda Yangi yil bayrami tadbirlari bo‘lib o‘tadigan manzillar elon qilindi
11 Dekabr 2024, 18:03Qo‘shtepa kanali qurilishining ikkinchi bosqichi ham deyarli yakunlandi
11 Dekabr 2024, 17:26