30 Iyul 2024, 13:14 Sport

Bahodir Jalolovning asosiy raqibi sifatida ko‘rilayotgan bokschi Olimpiadani tark etdi

Qozog‘istonlik bokschi Kamshibek Konkabayev Parij Olimpiadasidagi ishtirokini yakunladi.

Bahodir Jalolovning asosiy raqibi sifatida ko‘rilayotgan bokschi Olimpiadani tark etdi

Og‘ir vazn toifasida jang qiluvchi qozog‘istonlik bokschi Kamshibek Konkabayev Parij Olimpiadasi doirasida nimchorak final jangini o‘tkazdi. Unga 25 yoshli ispaniyalik Ayyub Gadfa raqiblik qildi.

Yakunda hakamlar Gadfa 3:2 hisobida g‘alaba qozonganini e’tirof etdi.

Shu tariqa, Qozog‘iston boksi Parij Olimpiadasida ikkinchi yo‘qotishga uchradi. Avvalroq bayroqdor Aslanbek Shimbergenov ham musobaqadagi ilk jangida imkoniyatni boy bergan edi.

Kamshibek Konkabayev ushbu vazn toifasida jang qilayotgan o‘zbekistonlik Bahodir Jalolovning eng asosiy raqibi deya qaralayotgan edi.

O‘zbekiston vakili o‘zining birinchi jangida norvegiyalik Omar Shihaga qarshi ringga ko‘tarildi va hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi.

Bahodir Jalolovning chorak finalda avstraliyalik Teremoana Juniorga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Mashhur yangiliklar