O‘zbekistonlik taekvondochi Riyddagi musobaqada oltin medal qo‘lga kiritdi
Shuningdek, sportchilar yengil atletika, para-yengil atletika, qilichbozlik va taekvondo yo‘nalishlarida ham ishtirok etadi.

Ar-Riyod-2025 VI Islom birdamligi o‘yinlari doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi oltin medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.
Ozoda Sobirjonova (taekvondo WT, -70 kg) faxriy mukofot sohibasiga aylandi. Bundan tashqari, 17-noyabrdan VI Islom birdamligi o‘yinlari doirasida bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha musobaqalar boshlanadi. Kun davomida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari yengil atletika, para yengil atletika, qilichbozlik va taekvondo bo‘yicha bahs olib boradi.
Avvalroq Ar-Riyodda Islom birdamligi o‘yinlarining navbatdagi kuni yakunlanib, O‘zbekiston delegatsiyasi ikkita medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi. Kumush medalni Najmiddin Qosimhojiyev (taekvondo, -74 kg), bronza medalni esa Jahongir Xudoyberdiyev (taekvondo, -54 kg) qo‘lga kiritdi.
Izohlar