O‘zbekistonlik sportchilar dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida 6 ta medalni qo‘lga kiritdi
Milliy terma jamoa yoshlar o‘rtasidagi shaxsiy musobaqalarda ishtirok etdi.

O‘zbekistonlik dzyudochilar jahon chempionatida 6 ta medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir Peruda bo‘lib o‘tgan. Milliy terma jamoa dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi shaxsiy musobaqada ishtirok etdi. Jumladan, og‘ir vazn toifasidagi bahslarda sportchilar 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Bundan tashqari, +78 kg vazn toifasida Umida Nigmatova, shuningdek, -90 kg vazn toifasida Alisher Samanov va -100 kg vazn toifasida Muhammadali Zoirov bronza medallarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa, terma jamoamiz musobaqani 1 ta kumush va 5 ta bronza medali bilan yakunladi.
Avvalroq O‘zbekiston III MDH o‘yinlarida Markaziy Osiyo davlatlari orasida yetakchiga aylangani haqida xabar berilgandi. Terma jamoa 119 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Izohlar