O‘zbekistonlik sportchi Yegor Bolotov para suzish bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
Paralimpiyachi barcha raqiblarini ortda qoldirib, terma jamoa hisobiga ikkinchi medalni keltirdi.

O‘zbekistonlik paralimpiyachi Yegor Bolotov Singapurda 100 metrga parasuzish bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi, deya xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.
S13 toifasida ishtirok etgan sportchi 100 m masofaga chalqancha yugurishda 58.97 soniyada marraga yetib keldi. U barcha raqiblarini ortda qoldirib, terma jamoa hisobiga ikkinchi medalni keltirdi.
Jahon chempionati, erkaklar, 100 metrga chalqancha suzish (S13 sinfi):
- oltin: Yegor Bolotov (O‘zbekiston) — 58.97;
- kumush: Tomas van Vaanroy (Niderlandiya) — 59.35;
- bronza: Aleksey Virchenko (Ukraina) — 59.45.
Shuningdek, suzuvchi 100 metrga erkin usulda suzish bahslarida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasida 100 metrga chalqancha usulda suzish bo‘yicha hozirgina yakunlangan final bahsida Mubinabonu Xalilova (S13) yettinchi o‘rinni egalladi. Oldinda Sardor Baxtiyorov (S7) ishtirokidagi hal qiluvchi bahs turibdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yilning eng yaxshi sportchilari va paralimpiyachilari aniqlangandi. Shuningdek, eng yaxshi sport maktablari ham mukofotlarga sazovor bo‘lgan.
Izohlar