Sport

O‘zbekistonlik qilichboz Turkiyadagi musobaqada bronza medalini qo‘lga kiritdi

Musa Aymuratov yarim finalda mezbonlardan biriga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

O‘zbekistonlik qilichboz Musa Aymuratov Turkiyaning Istanbul Satellite turnirida bronza medalini qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Istanbulda Satellite turkumidagi qilichbozlik bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ishtirok etdi. Musa Aymuratov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz saralash bosqichida Avstriya, Turkiya va italiyalik raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, chorak finalda terma jamoamiz vakili Sardor Abdukarimbekovni mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq yarim finalda Aymuratov mezbonlardan biriga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va yakunda uchinchi o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev UWW rahbarini “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlagan edi. Nenad Lalovich O‘zbekistonda ommaviy sport va yakkakurashlarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun mukofotga sazovor bo‘ldi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная