Sport

O‘zbekistonlik kurashchilar U-23 Jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatdi

Sportchilar bronza va kumush medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik sportchilar yunon-rum kurashi bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida ilk sovrinlarni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir Serbiyada bo‘lib o‘tmoqda. Terma jamoamiz vakillari Abror Atabayev va Hojiakbar Qo‘chqorov kumush va bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. -72 kg vazn toifasida Abror Atabayev finalda Xitoy, Rossiya, Gruziya va Qozog‘istondan kelgan raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi.

Biroq hal qiluvchi bahsda Eron vakiliga imkoniyatni boy bergan polvon jahon chempionatini ikkinchi o‘rinda yakunladi. Hojiakbar Qo‘chqorov ham chorak finalda ozarbayjonlik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Xitoy vakili bilan bahsda g‘alaba qozonib, eronlik sportchini mag‘lub etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Avvalroq O‘zbekiston so‘nggi 24 yil ichida ilk bor yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi. Faxriy mukofotni Aytjan Xalmaxanov qo‘lga kiritdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная