O‘zbekiston suv sporti bo‘yicha Osiyo chempionatida yana ikkita medalni qo‘lga kiritdi
Sportchilar “kumush” va “bronza” medallarini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasi suv sporti turlari bo‘yicha Osiyo chempionatida yana bir sovrinni qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir Hindistonda bo‘lib o‘tmoqda. Ikkinchi medalni Vyacheslav Kachanov mamlakatga keltirdi. Sportchi uch metrlik tramplindan sakrash dasturida sovrinni qo‘lga kiritib, 368,85 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Sportchi uchinchi o‘rinni egallab, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlash joizki, musobaqaning dastlabki medallarini erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda mamlakat terma jamoasi qo‘lga kiritdi. Jumladan, erkaklar o‘rtasida 1500 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha final bahsida Ilya Sibirsev 15:23.35 natija bilan marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va kumush medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, uch metrlik tramplindan sinxron sakrashda Igor Myalin va Vyacheslav Kachanov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Avvalroq, o‘zbekistonlik sportchi Yegor Bolotov para suzish bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Paralimpiyachi barcha raqiblarini ortda qoldirib, terma jamoa hisobiga ikkinchi medalni keltirgan.
Izohlar