Sport

O‘zbekiston sportchilari yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi

Terma jamoa vakillari 11 ta medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik sportchilar “Bahrayn-2025” III yoshlar Osiyo o‘yinlari doirasida bir kunda 11 ta medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi taekvondo, MMA, yengil atletika va muaytay kabi yo‘nalishlarda bir kunda 3 ta oltin, 1 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, musobaqaning navbatdagi kunini yakunladi. Shu tariqa, milliy terma jamoa 26 oktyabr holatiga ko‘ra 9 ta oltin, 4 ta kumush va 9 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Jumladan, -50 kg vazn toifasida Avaz Anvarov, shuningdek, -73 kg vazn toifasida Ahadjon Muxtorov va -55 kg vazn toifasida Rushanaxon Ravshanova mamlakatimiz hisobiga oltin medalni keltirdi. MMA bo‘yicha -55 kg vazn toifasida Ibrohim Botirov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bronza mukofotlari quyidagicha taqsimlandi:

  • Kamronbek Qodirov (ММА, -65 kg);
  • Abdulboriy Abdug‘afurov (ММА, -70 kg);
  • Shodiyona Rahmonova (yengil atletika, 400 metrga to‘siqlar osha yugurish);
  • Abdurahmon Mamajonov (yengil atletika, uzunlikka sakrash);
  • Doston Abduvaliyev (muay-tay, -45 kg, U15);
  • Shahruz Davronov (muay-tay, -60 kg, U17);
  • Jasmina Ochilova (muay-tay, -54 kg, U17).

Avvalroq O‘zbekiston kurashchilari U-23 Jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatgani haqida xabar berilgandi. Sportchilar bronza va kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная