O‘zbekiston dzyudo bo‘yicha jahon chempionatini uchta oltin medal bilan boshladi
Musobaqada 71 ta davlatdan jami 551 nafar sportchi ishtirok etmoqda.

Dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining birinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, musobaqa Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Jahon chempionatida 71 mamlakatdan 551 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Terma jamoamiz musobaqani birdaniga 3 ta oltin medal bilan boshladi. O‘zbekistondan startda 20 nafar sportchi ishtirok etdi.
Dilafruz Boltaboyeva ushbu yosh toifasida jahon chempionati shohsupasining eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan Diyora Keldiyorovadan keyingi ikkinchi o‘zbekistonlik dzyudochi bo‘ldi. Jami oltinni qo‘lga kiritganlar:
- Dilafruz Boltabayeva -40 kg vazn toifasida;
- Xushnud Sultonov -50 kg vazn toifasida;
- Xushnud Burxonov -55 kg vazn toifasida.
Dasturga ko‘ra, 27-30-avgust kunlari yakka tartibdagi bellashuvlar, 31-avgust kuni esa aralash jamoaviy bellashuvlar o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Avvalroq Artur Guliyev eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekistonga ikkinchi oltin medalni olib kelgani haqida xabar berilgandi. Finalda sportchi ajoyib natija ko‘rsatdi.
Izohlar