O‘zbekiston

Yaroqlilik muddati tugayotgan mahsulotlar arzonroq narxlarda sotiladi

Bunday mahsulotlarni yangi mahsulotlar bilan yonma-yon qo‘yish mumkin emas.

O‘zbekistonda Save Food dasturi doirasida do‘konlarda yaroqlilik muddati tugayotgan tovarlar uchun maxsus peshtaxtalar tashkil etiladi, buning natijasida ularning narxi arzonroq bo‘ladi, deyiladi hukumat qarorida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday peshtaxtalar kirish eshigi yaqiniga o‘rnatiladi. U yerga yaroqlilik muddati mos keladigan mahsulotlar alohida joylashtiriladi, shu sababli ularning narxi ancha past bo‘ladi. Bunda ularning narxi har o‘n kunda pasayib boradi. Hujjatga ko‘ra, bunday mahsulotlarni oddiy javonlarda yangi mahsulotlar bilan yonma-yon qo‘yish mumkin emas.

Bu chora-tadbir ijrosini Soliq qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi nazorat qiladi. Bu umumiy ovqatlanish sohasida oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish va ortiqcha isrofgarchilikning oldini olishga yordam berishi rejalashtirilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish shoxobchalari filtr va yog‘ ushlagichlar o‘rnatishga majbur bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Bu talab kanalizatsiyaga ulanishda majburiy band bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная