Toshkent shahrida Yangi yil bayrami munosabati bilan shahar jamoat transporti harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi, deb xabar bermoqda “Toshshahartransxizmat” axborot xizmati.

31-dekabr kuni shahar avtobus yo‘nalishlari soat 01:00 gacha ishlaydi. Bu poytaxt aholisi va mehmonlariga Yangi yil tadbirlaridan so‘ng uylariga qulay tarzda yetib olish imkonini beradi. 2026 yil 1-4 yanvar kunlari shahar avtobuslari harakati yakshanba kunlari uchun belgilangan jadval asosida tashkil etiladi.

Avvalroq qishki ta’til va Yangi yil munosabati bilan talabalar chiptalarni 50 foiz chegirma bilan xarid qilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Poyezdlarga chiptalarni 12-yanvargacha olish mumkin, chegirma barcha mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlariga (SV/VIP sinfidagi vagonlar va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdidan tashqari) amal qiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonliklar Yangi yilni qanday ob-havo bilan kutib oladi — sinoptiklar prognozi Tog‘li hududlarda qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi.