O‘zbekiston

Yangi Toshkent aeroporti qurilishi uchun ming gektardan ziyod yer ajratiladi

Hududning katta qismi sug‘oriladigan dalalarga to‘g‘ri keladi.

Фото: Ситуативное

Toshkentda yangi xalqaro aeroport qurish uchun Toshkent viloyatining ikki tumanidan qariyb 1310 gektar yer maydoni ajratiladi.

Umumiy maydonning 790,76 gektari O‘rta Chirchiq tumaniga, 519 gektari esa Quyi Chirchiq tumaniga ajratilgan. Ajratilayotgan yer maydonlarining 1075,45 gektari sug‘oriladigan yerlarga to‘g‘ri keladi. Yana 112,69 gektar bog‘lar, 0,65 gektar yaylov va pichanzorlar, 120,97 gektar boshqa yerlar.

O‘rta Chirchiq tumani:

  • sug‘oriladigan yerlar – 609,95 gektar;
  • bog‘lar – 112,63 gektar;
  • yaylov va pichanzorlar – 0,65 gektar;
  • boshqa yerlar – 67,53 gektar.

Quyi Chirchiq tumani:

  • sug‘oriladigan yerlar – 465,5 gektar;
  • bog‘lar – 0,06 gektar;
  • boshqa yerlar – 53,44 gektar.
Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная