Xalq tabobati yoʻnalishida ruxsat etilmagan usullarda davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlandi
Mazkur xizmatlarni omma oldida targʻib qilganlik uchun ham maʼmuriy javobgarlik oʻrnatilmoqda.
Prezident tomonidan imzolangan qonun [OʻRQ-991-son, 05.11.2024-y.] bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida maʼlum qilindi.
Unga koʻra, fuqarolarga tibbiy tashxis qoʻyish va ularni davolash xizmatlarini xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan koʻrsatganlik, shuningdek, xizmatlarni xalq tabobati yoʻnalishida ruxsat etilmagan usullarni qoʻllagan holda moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor boʻlish evaziga koʻrsatganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda.
Mazkur xizmatlarni omma oldida targʻib qilganlik uchun ham maʼmuriy javobgarlik oʻrnatilmoqda.
Shuningdek, xalq tabobati yoʻnalishida ruxsat etilmagan usullarni qoʻllagan holda fuqarolarga tashxis qoʻyish va ularni davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlanmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda xorijliklarni nomaqbul shaxs deb topish haqidagi qonun kuchga kirdi O‘zbekistonda istirohat bog‘lari, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirish taqiqlanishi mumkin O‘zbekistonda ombudsman to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi Prezident bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi