Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Turkiyadagi o‘zbekistonliklar voyaga yetmagan farzandlarini turli o‘quv yurtlariga berishda eʼtiborli bo‘lishga chaqirildi.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ushbu davlatda bo‘lib turgan fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali Istanbulda ayrim xorijiy davlatlar nomi ostidagi o‘zbek bolalariga mo‘ljallangan maktablar reklamasi tarqalmoqda. Bu maktablarda xorijiy tillar, robototexnika, diniy bilimlar, informatika va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘rgatilishi e’lon qilingan.
Ushbu o‘quv yurtlaridagi diniy darslar Ahli sunna aqidasi asosida ekani ta’kidlanishiga qaramay, ayrim o‘qituvchilardagi mo‘tadil islomga zid e’tiqodiy qarashlarning ta’lim oluvchilarga singdirilishi kelgusida jamiyatimizda aqidaviy ziddiyatlarni yuzaga keltirishi mumkin, deyiladi Bosh konsulxona xabarida.
Shundan kelib chiqqan holda ota-onalardan voyaga yetmagan farzandlarini turli maktablarda mutaassib qarashlar singdirilishidan ehtiyot qilishlari so‘raldi.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi AQShda qancha o‘zbekistonlik talaba tahsil olayotgani aytildi Turkiyada qarindoshi tomonidan fohishalikka majburlangan qiz O‘zbekistonga qaytarildi O‘zbekistonlik erkak Rossiyada odam o‘g‘irlab, pul talab qilishda ayblanmoqda Polshada YTHga uchragan O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatildi