5-yanvar kuni O‘zbekistonda nisbatan salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarga tuman tushadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi 5-7° iliq bo‘ladi.

Hududlar bo‘yicha ob-havo:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° sovuq, Ustyurtda 11-13° sovuqqacha, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 1° sovuq-4° iliq bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi.
  • Andijon, Namangan, Farg‘onada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
  • Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Joylarda tuman. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.