Toshkentning bir tumani qisman elektr ta’minotisiz qoldi — manzillar
Rejali ta’mirlashdan keyin ta’minot tiklanadi.

15-avgust kuni kechgacha Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida elektr ta’minoti qisman o‘chiriladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rejali ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi manzillarda soat 09:00 dan 15:00 gacha elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:
- “Shukur Burhonov”, “Nodirabegim” va “Sho‘rtepa” mahallalari.
“Ta’mirlash ishlari tugagandan so‘ng, elektr ta’minoti tiklanadi. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, HET xodimlari sayyor tekshiruvlarda bodi-kameralardan foydalana boshlagan. Bu jarayonni nazorat qilish va uning bajarilishini kuzatish imkonini beradi, ma’lumotlarning yo‘qolishi yoki almashtirilishi xavfini bartaraf etadi.
Izohlar